date

Mateo Kovachichni A Seriyaning grand klubi Milan istamoqda

Mateo Kovachichni A Seriyaning grand klubi Milan istamoqda

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Mateo Kovachich faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbalarga ko'ra, 31 yoshli futbolchiga «Milan» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Pyetro Baltsano xabar qilishicha, «rossonerilar» vakillari allaqachon xorvatiyalik futbolchi bilan bog'lanib, bo'lajak yozgi transfer oynasidagi ehtimoliy kelishuvni muhokama qilgan.

Transfermarkt portalida Kovachichning taxminiy narxi 15 million yevroga baholanmoqda. Uning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Yarimhimoyachi A Seriyani yaxshi biladi: u 2013 yil boshidan 2015 yil yozigacha «Inter» safida to'p surgan, keyin esa Madridning «Real» klubiga ko'chib o'tgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mateo Kovachichni A Seriyaning grand klubi Milan istamoqda