Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanghai Shenhua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qildi. Xitoy klubi safarda «Sanfrecce Hiroshima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — mezbonlar himoyachisi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Natijada «Shanghai Shenhua» turnirdagi ketma-ket uchinchi marta yutqazdi.
Olti turdan so‘ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. «Sanfrecce Hiroshima» esa 11 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing