“Bunda xalq emas, san’atkorlar aybdor”, — Jahongir Otajonov

“Bunda xalq emas, san’atkorlar aybdor”, — Jahongir Otajonov
Qisqacha

Xonanda Jahongir Otajonov ayrim ijodkorlarning “qo‘shiqlar saviyasizlashishiga tinglovchilar sababchi” degan qarashlariga qo‘shilmasligini ma'lum qildi. Uning fikricha, tinglovchining saviyasi uning musiqasini tinglayotgan odamlarning saviyasiga mos bo‘ladi. Shuningdek, san'atkor o‘zbek qo‘shiqlariga qiziqish pasayishini tinglovchilar bilan emas, ijodkorlar ularni qoniqtira olmayotgani bilan bog‘ladi. Shu sababli ko‘pchilik chet el qo‘shiqlarini tinglashga o‘tmoqda.

Xonanda Jahongir Otajonov yaqinda bo‘lib o‘tgan konsert oldidan jurnalistlar bilan suhbatda zamonaviy musiqa va tinglovchilar didi haqida fikr bildirdi.

Undan ayrim ijodkorlarning “qo‘shiqlar saviyasizlashishiga tinglovchilar sababchi” degan qarashlari haqida so‘ralgan. San’atkor esa bu fikrga qo‘shilmasligini ochiq aytdi.

“Men hech qachon bu fikrga qo‘shilmaganman. Mening saviyam qanday bo‘lsa, mening musiqamni tinglayotgan odamlarning saviyasi ham shunga mos bo‘ladi”, — dedi xonanda.

Shu bilan birga, u o‘zbek qo‘shiqlariga qiziqish pasayishini tinglovchilar bilan emas, ijodkorlar faoliyati bilan bog‘lash kerakligini ta’kidladi. Jahongir Otajonovning fikricha, muxlislar sifatli va zamonaviy musiqani izlaydi.

“Ko‘pchilik ‘o‘zbekcha qo‘shiqlar eshitilmayapti’ deydi. Lekin buning sababi tinglovchilarda emas. Biz ularni qoniqtira olmayapmiz”, — deya ta’kidladi u. Xonandaga ko‘ra, shu sababli ko‘pchilik chet el qo‘shiqlarini tinglashga o‘tmoqda.

“Musiqaning tili bo‘lmaydi”, — deya fikrini yakunladi san’atkor.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar