date

Tesla avtomobillari to‘qnashuvdan oldin xavfsizlik yostiqchalarini ochadi

Tesla avtomobillari to‘qnashuvdan oldin xavfsizlik yostiqchalarini ochadi

Tesla kompaniyasi o‘zining Tesla Vision tizimiga yangi funksiya qo‘shilganini e’lon qildi. Endilikda elektromobillar muqarrar to‘qnashuvni oldindan aniqlab, xavfsizlik yostiqchalarini zarba sodir bo‘lishidan avvalroq ochish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yangi texnologiya an’anaviy tizimlarga qaraganda 70 millisekund tezroq ishlaydi. Garchi bu vaqt oralig‘i juda qisqa bo‘lib ko‘rinsa-da, avariya vaqtida u haydovchi va yo‘lovchilar hayotini saqlab qolishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.

Ushbu yechimning asosi Tesla Vision kompyuter ko‘rish tizimi hisoblanadi. U kameralar va sun’iy intellekt algoritmlari yordamida yo‘l harakati holatini real vaqt rejimida tahlil qiladi. Agar tizim to‘qnashuvning oldini olish imkonsiz deb topsa, himoya mexanizmlarini darhol faollashtiradi.

Tesla mutaxassislarining ta’kidlashicha, bu yangilik jiddiy jarohatlar xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Ba’zi hollarda, bu texnologiya avtomobil egalariga hatto og‘ir to‘qnashuvdan keyin ham mustaqil ravishda mashinadan chiqib ketish imkonini berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla Model Y modeli AQSh hukumati tomonidan o‘tkazilgan ADAS haydovchiga yordam berish tizimlarining yangi sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan birinchi avtomobil bo‘lgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Tesla avtomobillari to‘qnashuvdan oldin xavfsizlik yostiqchalarini ochadi