Bavariya yoshlar jamoasida kutilmagan tayinlov

1 daqiqa o'qish167
Bavariya yoshlar jamoasida kutilmagan tayinlov

Sky xabariga koʻra, Babak Keyhanfar Bavariya yoshlar jamoasining yangi bosh murabbiyi Dante uchun yordamchi boʻladi. 41 yoshli mutaxassis yordamchi murabbiy sifatida katta tajribaga ega boʻlib, u bungacha Maynts 05 va Union Berlin klublarida faoliyat yuritgan. U Bavariya bilan 2028-yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzolash arafasida turibdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Keyhanfar oʻz murabbiylik faoliyatini futbolchilik davridayoq boshlagan. U avvalroq Red Bull Zalsburgning zaxira jamoasi boʻlgan FC Liefering, shuningdek, Bo Svensson qoʻl ostida Maynts va Union Berlin klublarida ishlagan. Tajribali murabbiy hatto Yurgen Klopp bilan ham yaqindan hamkorlik qilgan.

Braziliyalik Dante yozda Bavariyaning U23 jamoasini qabul qilib oladi va shu tariqa murabbiylik faoliyatini boshlaydi. 42 yoshli himoyachi hozirda Liga 1 vakili OGC Nice safida oʻynashda davom etmoqda. Dante 2012-2015-yillar oraligʻida Bavariya tarkibida 133 ta oʻyin oʻtkazib, Bundesligada uch marta, DFB-Pokal musobaqasida uch marta va Chempionlar ligasida bir marta gʻolib chiqqan.

Dante bu lavozimda 2020-yildan buyon jamoani boshqarib kelgan Xolger Zaytsning oʻrnini egallaydi. Zayts jamoani 2018/19-yilgi mavsumda Regionalliga chempioni qilgan edi. Endilikda u klub tizimida boshqa lavozimda faoliyatini davom ettiradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?