date

AQSH Eron harbiylariga yordam berganlarga qarshi sanksiyalar joriy qildi

AQSH Eron harbiylariga yordam berganlarga qarshi sanksiyalar joriy qildi

AQSH Moliya vazirligi Eron harbiylariga qurol va texnologiyalar yetkazib berishda yordam berganlikda ayblangan 10 nafar shaxs va kompaniyaga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda vazirlikning Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, cheklovlar Yaqin Sharq, Osiyo va Sharqiy Yevropa hududlarida faoliyat yurituvchi shaxs va tashkilotlarga qaratilgan. Vashington ularni qurol-yarog‘ yetkazib berish hamda Eronning “Shahid” turkumidagi dronlari va ballistik raketa dasturi uchun kerakli xomashyolarni yetkazishda ishtirok etganlikda ayblamoqda.

Sanksiyalar ro‘yxatiga Xitoy, Gonkong va BAAda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar, shuningdek, Belarus, Eron va Xitoy fuqarolari kiritilgan. AQSH tomoni mazkur cheklovlar orqali Eronning harbiy ta’minot tarmoqlariga bosimni kuchaytirishni maqsad qilganini bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Eron harbiylariga yordam berganlarga qarshi sanksiyalar joriy qildi