date

O‘zbekistonda 40 yoshdan keyin turmush qurganlar ko‘paymoqda

O‘zbekistonda 40 yoshdan keyin turmush qurganlar ko‘paymoqda

O‘zbekistonda 2026 yilning dastlabki uch oyi davomida minglab ayollar nikohdan o‘tgani ma’lum qilindi. Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etgan raqamlar orasida ayniqsa 40 yoshdan keyin oila qurgan ayollar soni e’tibor tortmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar—mart oylarida FHDYo organlari tomonidan jami 42,3 mingta nikoh rasman qayd etilgan. Nikohdan o‘tgan ayollarning asosiy qismi 20—30 yosh oralig‘iga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, ushbu toifada 22 ming 436 nafar ayol turmush qurgan.

Shuningdek, 20 yoshgacha bo‘lgan kelinlar soni 14 ming 946 nafarni tashkil etgan. 31—40 yosh oralig‘ida esa 3 ming 687 nafar ayol rasman nikohdan o‘tgan.

Statistikada eng ko‘p muhokama qilinayotgan raqamlardan biri — 41 yosh va undan katta ayollar bilan bog‘liq bo‘ldi. Qayd etilishicha, 2026 yilning birinchi choragida 1 ming 232 nafar ayol 40 yoshdan keyin oila qurgan.

Ma’lumot uchun, 2025 yil davomida mamlakat bo‘yicha jami 267 ming 131 ta nikoh ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shulardan 5,3 mingdan ortiq holat 40 yoshdan keyin turmush qurgan ayollarga to‘g‘ri kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 40 yoshdan keyin turmush qurganlar ko‘paymoqda