date

Oyning Janubiy qutb — Eytken havzasi qanday paydo boʻlgani aniqlandi

Oyning Janubiy qutb — Eytken havzasi qanday paydo boʻlgani aniqlandi

Astronomlar Oyning eng yirik va sirli krateri hisoblangan Janubiy qutb — Eytken (South Pole–Aitken) havzasining kelib chiqish sirlarini ochishga yaqinlashdilar. Diametri 2500 kilometrdan ortiq boʻlgan ushbu ulkan hudud Quyosh tizimidagi eng qadimiy kosmik toʻqnashuv izlaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Pardyu universiteti olimi Shigeru Vakita boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi uch oʻlchamli modellashtirish yordamida ushbu krater diametri 260 kilometr boʻlgan asteroid zarbasi natijasida hosil boʻlganini aniqladilar. Hisob-kitoblarga koʻra, tosh va temir aralashmasidan iborat boʻlgan asteroid Oy yuzasiga 30 daraja burchak ostida va soniyasiga 13 kilometr tezlikda urilgan.

Ushbu kuchli zarba Oy qobigʻi ostida yashiringan mantiya qatlamlarini sirtga chiqarib tashlagan boʻlishi mumkin. Bu moddalar Oyning ichki tuzilishini tushunish va uning qadimiy tarixini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

NASAning Artemis dasturi ushbu hududni oʻrganishda hal qiluvchi rol oʻynashi kutilmoqda. Agar rejalashtirilgan missiyalar muvaffaqiyatli amalga oshsa, 2028-yilga borib astronavtlar Oyning janubiy qutbidan noyob jins namunalarini Yerga olib kelishlari mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Oyning Janubiy qutb — Eytken havzasi qanday paydo boʻlgani aniqlandi