Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi safarda Yaponiyaning «Sanfrecce Xirosima» jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada himoyachi Xayato Araki urgan gol hal qildi. Bu maglubiyat «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi omadsiz natija bo‘ldi.
Olti turdan so‘ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinni egallab turibdi. «Xirosima» esa 11 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing