Djikiya agenti himoyachi Antalyasporni tark etishi haqidagi gaplarga javob berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiya atrofidagi ehtimoliy transfer gap-so‘zlariga futbolchining agenti Vladimir Kuzmichyov izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Djikiyaning holati yaxshi va klub murabbiylar shtabi unga ishonmoqda. So‘nggi o‘yinlarda u maydonga tushmaganiga sabab mikrojarohat bo‘lgan, hozir esa futbolchi tiklanib ulgurgan va keyingi uchrashuvda o‘ynashi kutilmoqda.
Avvalroq turk matbuotida «Spartak»ning sobiq sardori bilan klub xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Djikiyaning Turkiya chempionati joriy mavsumida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgani qayd etildi. Uning «Antalyaspor» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing