Ronaldusiz g‘alabaga Al-Nasr yulduzi emodzi bilan javob berdi

Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi o‘yinlarida maydonga tushmayapti. Biroq “Al-Nasr” sardorsiz ham natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni saudiyaliklar guruhdagi beshinchi o‘yinini ham yutdi: Tojikistonda “Istiklol” 4:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvdan keyin Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda “Al-Nasr” guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi postni repost qildi. Krishtianu unga olov va qarsak emodzilarini qo‘shib qo‘ydi.
40 yoshli Ronaldu “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomaga ega bo‘lib, kelishuv 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Shuningdek, internetda Ronaldu va Tojikiston bilan bog‘liq soxta xabarlar ham muhokama qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!