date

Xiaomi kompaniyasi yangi Fascia Gun 3 massajyorini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi yangi Fascia Gun 3 massajyorini taqdim etdi

Xiaomi oʻzining massaj toʻpponchalari turkumini yangi Long-Handled Fascia Gun 3 modeli bilan kengaytirdi. Qurilma 13-may kuni Xiaomi Youpin kraudfanding platformasida 299 yuan (taxminan 45 dollar) narxda sotuvga chiqadi, 20-maydan soʻng esa uning narxi 399 yuanga koʻtariladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi modelning asosiy oʻziga xosligi — ikki xil tutqich variantiga ega boʻlgan yigʻma konstruksiyadir. Qisqa tutqich odatiy massaj uchun moʻljallangan boʻlsa, uzun tutqich yordamida bel va tananing yetib borish qiyin boʻlgan joylarini osonlik bilan massaj qilish mumkin. Tutqichlarni almashtirish oddiy burama mahkamlagich orqali amalga oshiriladi.

Qurilma 12 kg gacha bosim va 6 mm gacha chuqurlikdagi taʼsir kuchini taʼminlab, chuqur mushaklarni samarali ishlashga yordam beradi. Massajyor choʻtkasiz motor bilan jihozlangan boʻlib, 2 ta ish rejimi va 3 ta tezlik darajasini qoʻllab-quvvatlaydi, shuningdek, oxirgi tanlangan rejimni xotirasida saqlab qoladi.

Qurilmaning vazni 680 grammni tashkil etadi. Shuningdek, bosimni koʻrsatuvchi halqali indikator ham mavjud: oq rang optimal kuchni, toʻq sariq rang esa ortiqcha bosimni bildiradi. 1900 mA·soat sigʻimli akkumulyator qisqa seanslarda 30 kungacha ishlash imkonini beradi, toʻplamga esa turli mushak guruhlari uchun 3 ta almashtiriladigan nasadka kiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xiaomi kompaniyasi yangi Fascia Gun 3 massajyorini taqdim etdi