Qozog‘iston Rossiya elektr energiyasi importidan voz kechmoqchi

Qozog‘iston 2027 yildan boshlab Rossiyadan elektr energiyasi import qilishni to‘liq to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat energetika vaziri o‘rinbosari Sungat Yesimxanov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, rejalashtirilgan energetika obyektlari o‘z vaqtida ishga tushirilsa, mamlakat ichki ehtiyojni mustaqil ravishda ta’minlay oladi.
Shu bilan birga, bu reja atom elektr stansiyasi qurilishi yakunlanishini kutmasdan amalga oshirilishi ta’kidlangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda Qozog‘istonda 123,1 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Iste’mol hajmi esa 124,6 milliard kVt/soatni tashkil etgan. Hozirda mavjud tanqislikning ma’lum qismi Rossiyadan import orqali qoplanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, import qilingan elektr energiyasining bir qismi Qirg‘izistonga qayta eksport ham qilinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!