Arbeloa Real futbolchilarining hozirgi kayfiyatini baholadi

Bugun Madridning «Real» jamoasi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida «Benfika»ga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yinoldi matbuot anjumanida jurnalistlar «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaga futbolchilarning hozirgi ruhiy holati va jamoa kayfiyati uni qoniqtiryaptimi, degan savolni berdi. Mish-mishlarga ko'ra, murabbiylar almashinuvidan avval jamoada psixologik muammolar sezilgandi.
Arbeloa esa tayinlanganidan beri ko'rayotgan manzarasiga tayanib, futbolchilar g'alaba uchun zarur bo'lgan hamma narsaga — fidoyilik, mehnat va kurashga — to'liq tayyor ekanini ta'kidladi. Shuningdek, u «Real» bundan ham yaxshiroq o'ynashi mumkinligini aytib, buning uchun vaqt va muntazam ish zarurligini qo'shimcha qildi. Arbeloa oy o'rtalarida Xabi Alonsoning o'rnini egallagan.
«Benfika» — «Real» uchrashuvi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!