Ronaldusiz g‘alabaga Al-Nasr yetakchisi ikki emoji bilan javob berdi

Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra, OFK Chempionlar ligasi 2 (Osiyodagi ikkinchi darajali klub turniri) guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, Al-Nasr yetakchisiz ham ishonchli natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya Arabistoni klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi bahsini ham yutdi: Tojikistonda Istiklol 4:0 hisobida yirik mag‘lub etildi. Natijada Al-Nasr guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqdi.
O‘yindan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoasining peshqadam sifatida keyingi bosqichga chiqqani haqidagi postni ulashdi va unga olov hamda qarsak emojilarini qo‘shdi.
40 yoshli Krishtianu Ronaldu Al-Nasr bilan amaldagi shartnomaga ega, kelishuv 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!