Marotta Interning Musa Diabi bo'yicha muzokarasini tasdiqladi

Milanning «Inter» klubi prezidenti Juzeppe Marotta «Al-Ittihod» vingeri Musa Diabini transfer qilish ehtimoli borasidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq «neradzurrilar» fransuz futbolchisini mavsum oxirigacha ijara asosida olib, keyin 35 million yevro evaziga sotib olish huquqini ham kelishuvga kiritishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Musa Diabini “Al-Ittihod”dan olib kelish bo'yicha muzokaralar olib borayotganimizni tasdiqlay olaman. Ayni paytda bir qator omillar sabab bu bitim murakkab», — deya Marottaning so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.
Diabi 2024 yilda «Aston Villa»dan «Al-Ittihod»ga 60 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u Saudiya klubi safida barcha musobaqalarda 24 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!