date

Ayven Toni Saudiya ligada Ronaldundan o'zib ketdi

Ayven Toni Saudiya ligada Ronaldundan o'zib ketdi

Saudiya Arabistoni chempionatining to'purarlar poygasida Krishtianu Ronaldu yetakchilikni boy berdi. "Al-Ahli" hujumchisi Ayven Toni "Al-Ittifoq"ga qarshi o'yinda 4:0 hisobidagi yirik g'alabaga bosh qahramon bo'lib, xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu natijadan so'ng Tonining hisobida 18 ta gol jamlandi va u to'purarlar ro'yxatida birinchi o'ringa chiqib oldi. "Al-Nasr" safidagi Ronaldu hamda "Al-Qodisiya" futbolchisi Xulian Kinyones 16 tadan gol bilan ikkinchi pog'onani bo'lib turibdi.

Chempionat jadvalida esa "Al-Hilol" peshqadam: jamoa 17 turda hali mag'lub bo'lmagan — 14 g'alaba va 3 durang.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu 2023 yildan beri Saudiya Arabistonida to'p surmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ayven Toni Saudiya ligada Ronaldundan o'zib ketdi