Chirchiqda vagon ustiga chiqqan bolalarni tok urdi

1 daqiqa o'qish406
Chirchiqda vagon ustiga chiqqan bolalarni tok urdi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida sodir boʻlgan xavfli hodisa jamoatchilikni yana bir bor hushyorlikka chaqirmoqda. 27 aprel kuni temir yoʻl bekatida ikki nafar voyaga yetmagan bola yuk vagoni ustiga chiqib, yuqori kuchlanishli elektr toki taʼsiriga tushgan.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea Chirchiq temir yoʻl bekatining Nurhayot—Qodiriya yoʻnalishida yuz bergan. 2011 va 2014 yillarda tugʻilgan maktab oʻquvchilari temir yoʻlda toʻxtab turgan yuk vagonlari ustiga chiqqan paytda kuchli tok zarbasini olgan.

Hodisadan soʻng jabrlanuvchilar zudlik bilan shifoxonaga yetkazildi. Ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent shahridagi 16-sonli filiali jonlantirish boʻlimiga joylashtirilgan. Shifokorlar maʼlumotiga koʻra, bolalarning ahvoli oʻrta ogʻir deb baholanmoqda va hozirda ularga barcha zarur tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Tibbiy xulosaga koʻra, jabrlanuvchilar tanasining 25–30 foizida ikkinchi va uchinchi darajali kuyish jarohatlari aniqlangan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash idoralari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Qayd etish joiz, bunday holat avval ham kuzatilgan. Joriy yil 1 aprel kuni ham Chirchiqda 17 yoshli oʻsmir poyezd vagoni ustiga chiqqan vaqtida tok urishi oqibatida ogʻir tan jarohati olgan edi. Oʻshanda uning tanasining 80–85 foizi kuygani maʼlum qilingandi.

Mutaxassislar temir yoʻl atrofidagi xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilish zarurligini yana bir bor eslatmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?