Samarqandda ayolini oʻzini oʻldirish darajasiga yetkazgan erkak 9,5 yilga qamaldi

1 daqiqa o'qish786
Samarqandda ayolini oʻzini oʻldirish darajasiga yetkazgan erkak 9,5 yilga qamaldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Samarkand viloyatida erining ayolini muntazam ravishda haqorat qilib, og'ir ruhiy holatga tushirish natijasida, u 9 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.
  • 1995 yilda tug'ilgan I.I.
  • 2023 yil sentyabrida G.K. bilan nikohlangan, ammo vaqt o'tishi bilan oila ichida ziddiyatlar kuchaygan.
  • Ayol o'zini o'ldirishga uringan va erining zo'ravonligi natijasida og'ir jarohat olgan. Sud I.I.ni Jinoiyat kodeksining 103-moddasi bo'yicha aybdor deb topdi.

Samarqand viloyatida oilaviy zoʻravonlik bilan bogʻliq navbatdagi ogʻir holat sud hukmi bilan yakunlandi. Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida ayolini muntazam tahqirlab, uni ogʻir ruhiy holatga tushirgan erkak 9 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud hujjatlariga koʻra, 1995 yilda tugʻilgan I.I. 2023 yil sentyabrida Andijon shahrida yashovchi G.K. bilan sharʼiy nikoh asosida turmush qurgan. Ilk vaqtlarda oilada tinchlik saqlangan, hatto juftlikning bir nafar qiz farzandi ham dunyoga kelgan. Biroq vaqt oʻtishi bilan erkak ayolining oʻtmishini pesh qilib, uni muntazam ravishda haqorat qila boshlagan. Bu esa oilada doimiy janjallarga sabab boʻlgan.

2025 yil 1 iyul kuni ayol turmush oʻrtogʻi bilan yashashni istamasligini bildirib, farzandi bilan ota-onasinikiga ketmoqchi boʻlgan. Bu qaror esa yana navbatdagi nizoni keltirib chiqargan. Janjal paytida ayol oʻzini derazadan tashlashga uringan, shuningdek, oʻz-oʻziga jarohat yetkazgan.

Oradan bir kun oʻtib, 2 iyul kuni er-xotin oʻrtasidagi ziddiyat yana avj olgan. Erkak ayolining ketishiga qarshilik koʻrsatib, uni doʻpposlagan va harakatlanishini cheklagan. Muttasil bosim va tahqirlarga chidamay qolgan ayol oʻz joniga qasd qilishini bildirib, pichoq bilan oʻzini yaralashga uringan.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, janjal vaqtida pichoq tortishuv jarayonida ayolning boʻyin qismiga sanchilgan. Oqibatda u ogʻir jarohat olgan.

Mazkur ish Jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqilib, erkak Jinoyat kodeksining 103-moddasi (oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish) bilan aybdor deb topildi va unga 9 yil 6 oylik qamoq jazosi tayinlandi.

Qayd etish joiz, bu kabi holatlar avval ham kuzatilgan. Oʻtgan yili ham Samarqandga kelin boʻlib tushgan andijonlik ayolning fojiali oʻlimi jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab boʻlgan edi.

Mutaxassislar oilaviy zoʻravonlik holatlariga befarq boʻlmaslik, bunday vaziyatlarda tegishli idoralarga murojaat qilish muhimligini taʼkidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?