date

Fenerbahche Kante transferini yanvar oxirigacha yakunlamoqchi

Fenerbahche Kante transferini yanvar oxirigacha yakunlamoqchi

Turkiyaning «Fenerbahche» klubi «Al-Ittihod» yarim himoyachisi N’Golo Kante bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatmayapti va kelishuvni yanvar yakuniga qadar yopishni maqsad qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, futbolchining o‘zi ham Istanbul jamoasiga o‘tishga ijobiy qaramoqda. Fransuz futbolchiga Domeniko Tedesko taklif qilayotgan loyiha yoqmoqda, tomonlar og‘zaki kelishuvga ham erishgan. Biroq asosiy to‘siq — «Al-Ittihod» Kantening ketishiga rozi emas.

Kante 2023 yilda «Chelsi»dan erkin agent sifatida Saudiya klubiga qo‘shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 25 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urdi va 1 assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenerbahche Kante transferini yanvar oxirigacha yakunlamoqchi