Robert Pires Arsenalni Chempionlar ligasi favoritlaridan dedi

Arsenalning sobiq futbolchisi Robert Pires Chempionlar ligasi qurasi marosimida sharlar tortish jarayonida ishtirok etdi. Tadbir oldidan fransuz mutaxassis Yevropaning eng nufuzli klub turnirida londanliklarning hozirgi o‘rni va ambitsiyalari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Piresga ko‘ra, Arsenal Chempionlar ligasining asosiy da’vogarlaridan biri. U Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa umumiy bosqichda sakkiz uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 23 ta gol urgani va atigi to‘rtta gol o‘tkazib yuborganini alohida ta’kidladi.
24 uchrashuvda 24 ochko jamg‘argan Arsenal pley-offning ilk bosqichini chetlab o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chempionlar ligasi 1/8 finaliga yo‘l oldi. “To‘pchilar”ning ehtimoliy raqiblari qatorida “Borussiya”, “Atalanta”, “Olimpiakos” va “Bayer” bor.
Arsenalning Chempionlar ligasidagi eng yuqori natijasi 2006 yilgi final bo‘lib qolmoqda. O‘shanda londonliklar hal qiluvchi bahsda “Barselona”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!