date

Aleksandr Gleb Arsenalning Chempionlar ligasini yutishiga umid bildirdi

Aleksandr Gleb Arsenalning Chempionlar ligasini yutishiga umid bildirdi

“Arsenal”ning sobiq futbolchisi Aleksandr Gleb “kanonirlar”ning joriy Chempionlar ligasidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Belaruslik eks-hujumchi londoliklar musobaqaning umumiy bosqichini juda kuchli o‘tkazganini tan oldi. Biroq Glebning aytishicha, hozircha turnirda yagona yaqqol favoritni ajratish qiyin.

“Hammasi 1/8 final ishtirokchilari to‘liq ma’lum bo‘lgach, aniqroq ko‘rinadi. Lekin, albatta, sobiq klubim Chempionlar ligasini yutsa yoki hech bo‘lmasa finalgacha yetsa, bundan xursand bo‘laman”, — dedi Gleb.

Shuningdek, u Chempionlar ligasi finalida ikki hujumkor, futbol o‘ynaydigan jamoani ko‘rishni istashini ham qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot o‘rnida, “Arsenal” Chempionlar ligasining umumiy bosqichini birinchi o‘rinda yakunlab, sakkizta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. “Kanonirlar” turnirning yangi formatida bunday natijaga erishgan ilk jamoa bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Gleb Arsenalning Chempionlar ligasini yutishiga umid bildirdi