Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana mag‘lub bo‘ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida safarda “Sanfrecce Xirosima”ga 0:1 hisobida yutqazib, navbatdagi uchrashuvni ham ochkosiz yakunladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada mezbonlar hal qildi: himoyachi Xayato Araki aniq zarba bilan yapon klubiga g‘alaba keltirdi. Bu natija Xitoy jamoasi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
Olti turdan so‘ng “Shanxay Shenxua” 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. “Xirosima” esa 11 ochko to‘plab, kuchli uchlikdagi 3-pog‘onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing