date

CSKA sobiq futbolchisi Chalovning transferi haqida fikr bildirdi

CSKA sobiq futbolchisi Chalovning transferi haqida fikr bildirdi

Moskvaning CSKA klubida to‘p surgan sobiq futbolchi Vasiliy Ivanov rossiyalik markaziy hujumchi Fyodor Chalovning qishki transferi yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi. U futbolchining Turkiyaning “Kayserispor” jamoasiga yo‘l olishini ijobiy baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ivanovga ko‘ra, Chalov yangi muhitda o‘zining eng kuchli tomonlarini ko‘rsatishi kerak. Mutaxassis futbolchiga klub almashtirishi qo‘shimcha emotsiya va motivatsiya berishini, Chalov esa o‘zi ham tarkibda o‘ynashga loyiq ekanini isbotlashni xohlashini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, turkiyaliklar Chalovni PAOK klubidan joriy mavsum yakuniga qadar ijara asosida safiga qo‘shib oldi.

Yunoniston klubida hujumchi jami 64 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » CSKA sobiq futbolchisi Chalovning transferi haqida fikr bildirdi