Argentina futbol rahbariyati iqtidorli yoshlar ketishini to'xtatmoqchi

Argentina Futbol Assotsiatsiyasi mahalliy klublardan iqtidorli yosh futbolchilar oqib ketishini kamaytirishga qaratilgan yangi tartib joriy qildi. Bu haqda The Athletic xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yangi qoida bo'yicha, faoliyatida Argentina klubi bilan professional shartnoma imzolamasdan turib xorijga ketgan futbolchilar terma jamoaga chaqirilmaydi.
Mamlakatda amalda bo'lgan «patria potestad» qonuni ota-onalarga farzandlarini xorij klublariga kompensatsiyasiz o'tkazish imkonini beradi. Assotsiatsiya futbolchilarning ketishini taqiqlay olmaydi, biroq terma jamoada o'ynash huquqidan mahrum qilish erta transferlardan qaytaradi, degan umidda.
Qayd etilishicha, agar bu qoida avvalroq kuchga kirganida, Lionel Messi, Emiliano Martines va «albiseleste»ning yana bir nechta hozirgi futbolchisi xalqaro maydonda o'z yurtidan emas, boshqa terma jamoa safida to'p tepishga majbur bo'lishi mumkin edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!