Ronalduning to‘purarlar poygasidagi o‘rni pasaymoqda

Krishtianu Ronaldu uchrashuvlarda maydonga tushmay turgan bir paytda, uning raqobatchilari gol urishda davom etmoqda. Portugaliyalik hujumchi avvalroq “Al-Ahli” vakili Aymen Toni foydasiga yetakchilikni boy bergandi, endi esa “Al-Qodisiya” futbolchisi Xulian Kinones ham Ronaldundan oldinga o‘tib oldi. Hozircha Ronaldu hisobida 17 gol bor, Toni 19, Kinones esa 18 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli forvard yozda Saudiya Arabistonini tark etishi ham mumkin. U Saudiya Arabistoni suveren fondi “Al-Hilol”ni “Al-Nasr”ga qaraganda ko‘proq qo‘llab-quvvatlayotganini, shu sabab chempionatda “halol raqobat”ni ta’minlash qiyinligini o‘ylamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing