Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida navbatdagi mag'lubiyatni qabul qildi. Xitoy klubi safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada yaponlar hal qildi: himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bu natija «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing