Slutskiy jamoasi Osiyoning Chempionlar ligasida yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqich 6-turida safarda «Hiroshima»ga 0:1 hisobida yutqazib, yana ochkolar ololmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada himoyachi Hayato Araki hal qildi. Natijada xitoy klubi ushbu turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Olti turdan so'ng «Shanxay Shenxua» hisobida 4 ochko bor va jamoa jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Hiroshima» esa 11 ochko jamg'arib, uchinchi pog'onaga ko'tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing