date

Sobiq CSKA futbolchisi Chalovning transferiga baho berdi

Sobiq CSKA futbolchisi Chalovning transferiga baho berdi

Moskvaning CSKA jamoasida to'p surgan Vasiliy Ivanov rossiyalik markaziy hujumchi Fyodor Chalovning qishki transfer oynasida Turkiyaning "Kayserispor" klubiga o'tishi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, Chalov Turkiyada o'zining eng kuchli jihatlarini namoyish etishi, yangi jamoa esa unga qo'shimcha ruhiy turtki va emotsiya berishi kerak. Ivanov futbolchi asosiy tarkibda o'ynashga munosibligini isbotlashni o'zi ham xohlayotganini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, turk klubi Chalovni PAOKdan joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi.

Hujumchi Gretsiya klubida 64 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sobiq CSKA futbolchisi Chalovning transferiga baho berdi