Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida safarda “Sanfrecce Hirosima”ga 0:1 hisobida yutqazib, yana ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani yo'lladi. Bu natija Xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Olti turdan so'ng “Shanxay Shenxua” 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. “Hirosima” esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing