Inter Sassuolo bilan o'yin uchun tarkibini e'lon qildi

Italiya A Seriyasining 24-turi doirasida yakshanba oqshomida “Sassuolo” va “Inter” o'zaro bahs olib boradi. Milanliklar bosh murabbiyi Kristian Kivu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Maydonga dastlabki daqiqalardan quyidagilar tushadi: Zommer, Bissekk, Akandji, Bastoni, Dimarko, Enrike, Suchich, Zelinski, Mxitaryan, Tyuram, Lautaro Martinez.
“Sassuolo” – “Inter” uchrashuvi 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O'yinni batafsil matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.
“Inter” A Seriyada peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi “Milan” qo'shnilaridan besh ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing