date

The Athletic reytingida Messini tarixdagi eng zo'r deb topishdi

The Athletic reytingida Messini tarixdagi eng zo'r deb topishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan futbol tarixidagi 100 eng kuchli o'yinchi ro'yxati keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Reytingning ilk o'nligidan Lionel Messi yetakchilik qilgan. Undan keyingi o'rinlarda Diyego Maradona va Peleni ko'rish mumkin. Shuningdek, top-10 ro'yxatiga Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash hamda Mishel Platini kiritilgan.

Bunday ro'yxatlarni mutlaqo xolis tuzish qiyin ekani ta'kidlanmoqda. Reddit'dagi izohlarda futbol muxlislari o'rtasida qizg'in bahslar avj oldi: ayrimlar uch karra jahon chempioni Pele nega faqat uchinchi pog'onadan joy olganini keskin savol ostiga qo'ydi.

Qayd etilishicha, darvozabonlar orasida afsona sanaladigan Lev Yashin mazkur reytingda 18-o'ringa qo'yilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Athletic reytingida Messini tarixdagi eng zo'r deb topishdi