The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchisi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan tarixdagi 100 nafar eng kuchli futbolchi reytingi keng muhokama qilinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ro'yxatning ilk o'nligi quyidagicha: Lionel Messi, Diyego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.
Bunday reytinglarni mutlaq xolis shakllantirish qiyin ekani tabiiy. Reddit'dagi izohlarda futbol muxlislari o'rtasida qizg'in bahslar avj oldi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'rinni egallaganidan norozi.
Shuningdek, darvozabonlar orasida afsonaga aylangan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing