Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi "Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida safarda "Sanfrechche Xirosima"ga 0:1 hisobida yutqazib, bu gal ham ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi: yaponlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani yo'lladi. Natijada xitoyliklar ushbu turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Olti turdan so'ng 4 ochko jamg'argan Slutskiy jamoasi turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. "Xirosima" esa 11 ochko bilan uchinchi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing