Baumgartner dubli Leyptsigga Kyoln ustidan g'alaba keltirdi

Bundesliganing 21-turida “Kyoln” o'z maydonida “RB Leyptsig”ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv avvalidayoq vaziyatlar ketma-ket yuzaga keldi: Said el-Mala ilk xavfli epizodda darvozabonni ishga soldi. Oradan ko'p o'tmay David Raumning zarbasi ham posbonni hushyor torttirdi, davom etgan hujumda esa Romulo Kruz to'pni ustunga tekkizib yubordi. Jarima maydoni ichida Xaver Shlagerda ham qulay imkoniyat bo'ldi, biroq u nishonni aniq topa olmadi. 29-daqiqada “Kyoln” darvozaboni qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va Kristof Baumgartner boshi bilan hisobni ochdi — 0:1.
Ikkinchi bo'lim boshida Yan Tilmann tashabbusni qo'lga olib, hisobni tenglashtirdi — 1:1. Besh daqiqadan so'ng Shlager hujumni keskinlashtirdi, Baumgartner esa yana bir bor o'z so'zini aytib, mehmonlarni yana oldinga olib chiqdi — 1:2. Yakub Kaminskiyda javob goli uchun imkoniyat bo'ldi, ammo uning zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi.
Ushbu g'alabadan so'ng “RB Leyptsig” turnir jadvalida “Shtutgart”ni ortda qoldirib, to'rtinchi pog'onaga ko'tarildi. “Kyoln” esa 10-o'rinda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!