Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenyxua yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenyxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi o'yinda ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda «Xirosima»ga 0:1 hisobida yutqazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi: yaponlar himoyachisi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani yo'lladi. Bu mag'lubiyat «Shanxay Shenyxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi omadsiz natija bo'ldi.
6-turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onaga ko'tarilib oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing