date

Kompani Bavariyaning gollar rekordi haqidagi savolga javob berdi

Kompani Bavariyaning gollar rekordi haqidagi savolga javob berdi

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesligada bir mavsumda eng ko‘p gol urish rekordini yangilash ehtimoli yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Myunxen klubi bu mavsum hujumda favqulodda unum ko‘rsatmoqda: 21-turdan keyin jamoa hisobida 79 ta gol bor. Chempionatning amaldagi rekordi esa 101 ta golni tashkil qiladi.

«Men uchun bu birinchi navbatdagi maqsad emas. Biroq “Bavariya” maqomi hujumkor o‘yin va ko‘p gol urishni talab qiladi, muxlislar ham shuni kutadi. Bu — bizning kuchli tomonimiz. Men uchun eng muhimi, istalgan daqiqada gol ura olishimizni his qilish. Hozir yigitlar bu vazifani a’lo darajada bajarmoqda», — dedi Kompani matbuot anjumanida.

Yakshanba kuni «Bavariya» navbatdagi yirik g‘alabasini ham rasmiylashtirib, «Hoffenhaym»ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Bavariyaning gollar rekordi haqidagi savolga javob berdi