Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning “Kayserispor” klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat olib, noma’lum muddatga maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tekshiruvlar natijasida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil shikast va shish aniqlangani qayd etildi. Hozirda Makarov davolanishni davom ettirmoqda.
Makarov “Kayserispor” safidagi ilk o‘yinini 3 fevral kuni “Galatasaray”ga qarshi bahsda o‘tkazdi va uchrashuv 0:4 hisobida yakunlandi. Jamoa turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda hamda ligada qolish uchun kurash olib boryapti. Futbolchi bundan avval Moskvaning “Dinamo” klubida o‘ynagan va u yerdan erkin agent sifatida ketgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing