date

Uvarov Rossiyaga UYEFA doirasida Isroilni raqib ko‘rsatdi

Uvarov Rossiyaga UYEFA doirasida Isroilni raqib ko‘rsatdi

SSSR terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Uvarov Rossiya va Isroil terma jamoalari o‘rtasida yaqin yillarda o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lishi mumkinligini aytdi. Hozirda Uvarov Tel-Avivning «Makkabi» klubi yoshlar jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning fikricha, bu o‘yinni o‘tkazishga jiddiy to‘siqlar yo‘q. Uvarov Rossiya tomoni tashabbus ko‘rsatsa, 2026 yilda Rossiya — Isroil uchrashuvini ko‘rishimiz mumkinligini ta’kidladi.

Shuningdek, u Rossiya va Isroil futbol federatsiyalari o‘rtasidagi aloqalar juda yaxshi ekanini alohida qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Rossiya terma jamoasi sanksiyalar sharoitida hozircha faqat o‘rtoqlik bahslarini o‘tkazishi mumkin. Mart oyidagi navbatdagi yig‘in uchun raqiblar hozircha e’lon qilinmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Uvarov Rossiyaga UYEFA doirasida Isroilni raqib ko‘rsatdi