date

Denis Makarov Kayserisporda jarohat olib safdan chiqdi

Denis Makarov Kayserisporda jarohat olib safdan chiqdi

Turkiyaning "Kayserispor" klubida to'p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab noma'lum muddatga maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub xabariga ko'ra, tibbiy ko'rik natijasida futbolchining o'ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil shikastlanish va shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.

Makarov "Kayserispor" safidagi debyutini 3 fevral kuni "Galatasaray"ga qarshi uchrashuvda o'tkazgandi. O'yin 0:4 hisobida yakunlangan, Makarov jamoasi esa turnir jadvalida 17-o'rinda borib, ligada qolish uchun kurashmoqda. Avvalroq u Moskvaning "Dinamo" klubida o'ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Makarov Kayserisporda jarohat olib safdan chiqdi