date

Pochettino APLni albatta yutaman deya va’da berdi

Pochettino APLni albatta yutaman deya va’da berdi

«Tottenhem»ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya Premyer-ligasini sog‘inganini yashirmadi. Mutaxassis APLga qaytishiga ishonadi va u yerda chempionlikni ham qo‘lga kiritishi mumkinligini ta’kidladi, biroq bu qachon va qaysi jamoa bilan ro‘y berishini aniq ayta olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Yana urinib ko‘raman. APLni yutish — mening orzum. Qaysi jamoa bilan va qachonligini bilmayman, lekin buni qilishga tayyorman. Hozir murabbiy sifatida eng kuchli davrimdaman», — deya Pochettinoning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Ayni paytda Pochettinoning sobiq klubi bo‘lgan Londonning «Tottenhem» jamoasi chempionat turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pochettino APLni albatta yutaman deya va’da berdi