Denis Makarov Kayserisporda jarohat olib safdan chiqdi

Turkiyaning Kayserispor klubida to'p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab noma'lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub bayonotiga ko'ra, tekshiruvlar davomida futbolchining o'ng sonining yuqori qismidagi mushaklar o'rta guruhida yengil shikastlanish va shish aniqlangan. Hozirda uning davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov Kayserisporda 3 fevral kuni Galatasaroyga qarshi o'yinda debyut qilgan, uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangan. Rossiyalik futbolchi jamoasi hozirda turnir jadvalida 17-o'rinda bormoqda va ligada qolish uchun kurashmoqda. Makarov avval Moskvaning Dinamo klubida o'ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing