The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchisi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan futbol tarixidagi 100 nafar eng kuchli futbolchi reytingi keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ro'yxatning ilk o'nligi quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash va Mishel Platini.
Bunday reytinglarni mutlaq xolis tuzish qiyin ekani ta'kidlanmoqda. Redditdagi futbol ishqibozlari izohlarda qizg'in bahsga kirishdi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pelening faqat 3-o'ringa qo'yilganidan norozi.
Shuningdek, darvozabonlar orasida afsonaga aylangan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing