AQSH Eronga qarshi har soniyada minglab dollar harbiy xarajatga sarflamoqda

AQSH Eronga qarshi har soniyada minglab dollar harbiy xarajatga sarflamoqda
Qisqacha

AQShning Eronga qarshi harbiy operatsiyalari ulkan moliyaviy xarajatlarni talab qilmoqda va 55 kun ichida 61 milliard dollardan ortiq mablag' sarflandi. Iran War Cost Tracker ma'lumotlariga ko'ra, hozirda Amerika g'aznasidan har soniyada o'rtacha 11,5 ming dollar mablag' chiqib ketmoqda. Pentagon hisobotlariga tayanilgan ushbu hisob-kitoblar harbiy kuchlar ta'minoti va logistika xarajatlarini o'z ichiga oladi. Kelgusida ushbu harbiy harakatlar uchun kunlik xarajatlar taxminan 1 milliard dollar atrofida bo'lishi kutilmoqda.

AQShning Eronga qarshi olib borayotgan harbiy harakatlari katta moliyaviy xarajatlarni talab qilmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, 55 kun davomida ushbu operatsiyalar uchun 61 milliard dollardan ortiq mablagʻ sarflangan.

Iran War Cost Tracker portali bergan hisob-kitoblarga koʻra, ayni paytda AQSH gʻaznasidan har soniyada oʻrtacha 11,5 ming dollar sarf boʻlmoqda.

Portal ushbu maʼlumotlarni harbiy kuchlar joylashuvi, kemalar taʼminoti va logistika xarajatlarini hisobga olgan holda doimiy ravishda yangilab boradi.

Hisoblashlar Pentagonning Kongressga taqdim etgan rasmiy hisobotlariga asoslangan.

Unga koʻra, harbiy harakatlarning ilk 6 kunida 11,3 milliard dollar sarflangan boʻlsa, keyingi davrda kunlik xarajatlar taxminan 1 milliard dollar atrofida boʻlishi prognoz qilingan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar