Trampning “Oltin kartasi” dasturi kutilgan natijani bermadi

AQShda joriy etilgan "Oltin karta" dasturi kutilgan natijani bermadi va hozirgacha faqat bir kishi ushbu viza orqali rezidentlik huquqini qo'lga kiritdi. Bu ko'rsatkich Donald Trampning 1,3 milliard dollarlik kartalar sotilgani haqidagi avvalgi bayonotlariga mutlaqo zid kelmoqda. Mazkur dastur shartlariga ko'ra, jismoniy shaxslar 1 million dollar, kompaniyalar esa xodimlari uchun 2 million dollardan ortiq mablag' evaziga tezlashtirilgan yashash huquqini olishi ko'zda tutilgan edi.
AQShda joriy etilgan “Oltin karta” dasturi kutilgan darajada talabga ega boʻlmagani maʼlum boʻldi.
Associated Press agentligi xabariga koʻra, mazkur viza orqali hozirgacha faqat bir nafar shaxs AQShda yashash va ishlash huquqini qoʻlga kiritgan.
Bu maʼlumot AQSH savdo vaziri Xovard Latnikka tayanib berilgan boʻlib, u avvalgi bayonotlar bilan keskin farq qiladi.
Chunki prezident Donald Tramp avvalroq bir necha kun ichida 1,3 milliard dollarlik “Oltin kartalar” sotilganini aytgan edi.
Ushbu dasturga koʻra, jismoniy shaxslar 1 million dollar toʻlash orqali tezlashtirilgan rezidentlik huquqini olishi mumkin.
Shuningdek, kompaniyalar oʻz xodimlarini olib kelish uchun 2 million dollar va qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirishi talab etiladi.































Izohlar 0
…