UEFA Chempionlar ligasi finali uchun to'pni taqdim etdi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakunlandi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa styk (saralash) raundida o'zaro to'qnashadi va 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani taqsimlab oladi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga muddatidan avval yo'l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni namoyish qildi. To'p dizayni asosan to'q ranglarda bo'lib, unda oq yulduzlar tasviri aks etgan. Uni Adidas kompaniyasi ishlab chiqargan.
2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali Budapesht shahrida bo'lib o'tadi. "Quloqli" sovrin uchun hal qiluvchi bahs shanba kuni, 30 may sanasiga belgilangan.
Hozirda musobaqaning amaldagi chempioni — "PSJ". O'tgan finalda parijliklar "Inter"ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etib, raqibga imkon qoldirmagandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!