Slutskiy jamoasi Osiyoda navbatdagi mag'lubiyatni qabul qildi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida yana ochkosiz qoldi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida yutqazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada urildi: mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi.
Bu natija «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi. 4 ochko jamg'argan Slutskiy jamoasi jadvalda 11-o'rinda bormoqda, 11 ochkoga ega «Xirosima» esa uchinchi pog'onada joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing