Denis Makarov jarohat sabab noma'lum muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning «Kayserispor» klubida to'p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat oldi va hozircha qancha vaqt maydonga tusha olmasligi noma'lum. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub bergan ma'lumotga ko'ra, tekshiruvlar jarayonida futbolchining o'ng sonining yuqori qismida o'rta mushaklar guruhida yengil shikastlanish va shish aniqlangan. Davolanish ishlari davom etmoqda.
Makarov «Kayserispor» safidagi debyutini 3 fevral kuni «Galatasaray»ga qarshi o'yinda o'tkazgan, uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangan. Hozirda rossiyalik futbolchi jamoasi turnir jadvalida 17-o'rinda borib, ligada qolish uchun kurashmoqda. Avvalroq Makarov Moskvaning «Dinamo» jamoasida o'ynagan va klubni erkin agent sifatida tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!