date

Rosenyor Chelsi Lidsga durangni sovgʻa qildi dedi

Rosenyor Chelsi Lidsga durangni sovgʻa qildi dedi

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor APLning navbatdagi turida «Lids»ga qarshi o‘yinda qo‘ldan boy berilgan g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

London klubi 24-daqiqada Joao Pedroning, 58-daqiqada esa Koul Palmerning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi. Biroq mehmonlar 67-daqiqada Lukas Nmecha, 73-daqiqada esa Noa Okafor tomonidan kiritilgan gollar bilan hisobni tenglashtirdi.

Rosenyorning aytishicha, barchasini olti daqiqa ichidagi ikki epizod hal qilib yuborgan: «Biz bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart edi, ammo aynan shu ikki vaziyat sabab ikki ochkoni yo‘qotdik. Aslida durangni «Lids»ga o‘zimiz sovg‘a qildik», — deya uning so‘zlarini BBC keltiradi.

Mutaxassis jamoa uchrashuvning o‘sha qisqa bo‘lagidan oldin ham, undan keyin ham raqibdan ustun bo‘lganini ta’kidladi. «Futbolda hal qiluvchi vaziyatlarda xato qilsang, har narsa bo‘lishi mumkin. Bunday holat takrorlanmasligi uchun ayrim jihatlarni futbolchilar bilan albatta muhokama qilaman», — dedi u.

26 turdan so‘ng «Chelsi» APL jadvalida 44 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rosenyor Chelsi Lidsga durangni sovgʻa qildi dedi