Panenka penalti uslubini hurmatsizlik deb hisoblamaydi

Afsonaviy Antonin Panenka o‘z nomi bilan ataladigan “panenka” uslubidagi penalti zarbasi raqibni kamsitish degan fikrga qo‘shilmadi. U bu zarbani ilk bor Yevropa chempionati–1976 finalida muvaffaqiyatli ijro etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Panenkaga ko‘ra, bunday vaziyatda asosiy maqsad — gol urish, raqib ustidan kulish emas. “Buni hurmatsizlik deyishadimi? Men bunga qo‘shilmayman. O‘sha payt men uchun eng ishonchli yechim shu edi. Yevropa chempionati finalida raqib ustidan kulish haqida o‘ylamaysan. Men futbolni yaxshi ko‘raman va hech kimni masxara qilmoqchi bo‘lmaganman. Menimcha, gol urishning eng yaxshi yo‘li shu edi”, — dedi Panenka Cadena SER’dagi El Larguero dasturida.
Avvalroq Panenka, uning fikricha, Braim Dias nega Afrika millatlar kubogi finalida “panenka” uslubida gol ura olmaganini ham izohlagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!